

Ammo Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Rafael Luzan bu fikrga qo'shilmaydi.
Ispaniya futboli rahbari klublarning Ispaniyadan tashqarida ham muxlislari borligini, ular ham sevimli jamoalarini o'z yurtlarida tomosha qilishni istashlarini va bunday uchrashuvlar sodiq muxlislar uchun mukofot ekanini ta'kidladi.
"Bu - har bir La Liga o'yinini tomosha qilish uchun pul to'laydigan Osiyo yoki Amerikadagi muxlislar uchun mukofot. Bu aynan ular uchun. Bu futbol uchun foydali va Ispaniya ligasini butun dunyo bo'ylab targ'ib qilishga yordam beradi. Italiya ham A Seriya o'yinini Avstraliyada tashkil etish niyatida", – dedi Luzan.
Avvalroq "Vilyarreal" va "Barsa" o'rtasidagi La Liga o'yini Mayamida o'tkazilishi ma'lum qilingan edi.



