Ispaniya chemponati. “Real” safarda qiyinchilik bilan g'alaba qozondi, “Atletik”dan iroda kuchini namoyish etdi

Aslanov Jasurbek
12 fev 2017
Ispaniya chempionatining 22-turida peshqadam “Real” safarda turnir jadavali autsayderi “Osasuna” mehmoni bo'lib, qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi.

Ispaniya chempionatining 22-turida peshqadam “Real” safarda turnir jadavali autsayderi “Osasuna” mehmoni bo'lib, qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi.

Uchrashuvda garchi Ronaldu hisobni ochgan bo'lsada, keyinchalik Pedro Leon Navas bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va darvozabon ustidan oshirib, to'pni darvozaga yo'lladi. Ikkinchi bo'limda Isko va o'yin so'nggida Lukas Vaskes to'p kiritib, “Real”ning safardan uch ochko bilan qaytishlarini taminladi. Mazkur bahsda “Real” posboni Keylor Navas bir necha vaziyatlarda, jamoasini muqarrar golllardan saqlab, g'alabaga munosib hissa qo'shdi.

Ispaniya chempionati, 22-tur.

Osasuna – Real Madrid 1:3

Gollar: 0:1 – 24 Ronaldu, 1:1 – 33 Leon, 1:2 – 62 Isko, 1:3 – 90 Lukas Vaskes.

Osasuna – Sirigu, Fuentes (Klerk, 53), Vuyadinovich, Bonnin (Garsiya Subiriya, 15), Berenger, Sanxurxo, Tensa (Loe, 61), Chaushich, Romero, River, Leon.

Real Madrid –Navas, Danilo (Xames, 57), Varan, Nacho, Ramos, Kazemiro, Modrich, Isko (Kovachich, 88), Marselo, Ronaldu, Benzema (Vaskes, 72).

Ogohlantirish: Fuentes (10), Modrich (28), Tensa (37), Xames (61).


Atletik – Deportivo 2:1 (0:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 42 Cholak, 1:1 – 71 Muniain, 2:1 – 89 Aduris.

Atletik – Iraysos, De Markos, Yeray Alvares, Laport, Balensiaga, San Xose, Benyat (Susaeta, 68), Inyaki Uilyams (Vilyalibre, 85), Raul Garsiya (Iturraspe, 68), Muniain, Aduris.

Deportivo –  Titon, Xuanfran, Albentosa, Sidney, Navarro, Borxes, Gilerme, Xil, Cholak (Fajr, 87), Kakuta (Jon, 67), Andone (Xoselu, 74).

Ogohlantirish: Navarro (58), San Xose (62), Xoselu (88).



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia