Ispan klubi Bruno Fernandesh uchun 50 million evro taklif qilishga tayyor

Alisher
17 iyun 2019
"Atletiko" Bruno Fernandeshga jiddiy qiziqmoqda.

Madrid klubi futbolchiga 50 million evro va bonus shaklida 10 million taklif qilishga tayyor. Shuningdek, Fernandeshga mavsum uchun 5 million evro va 5 yillik shartnoma taklif qilinadi.

"Sporting" futbolchisi joriy mavsum barcha turnirlarda 53ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol va 14ta assistga erishgan.

Bruno Italiyaning "Novara" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Lissabonning "Sporting" klubidan oldin "Novara", "Udineze" va "Sampdoriya" jamoalarida o'ynagan.

2017 yildan esa Portugaliya terma jamoasi a'zosi sanaladi.


AlisherMuallif
Manba: A Bola