Ispan klubi "Arsenal" futbolchisi bilan shartnoma imzolaydi

Alisher
12 yanv 2021
"Arsenal" himoyachisi Sokratis Papastatopulos faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

32 yoshli gretsiyalik futbolchi bilan Sevilyaning "Betis" klubi shartnoma imzolamoqchi. Ispan klubi Papastatopulos bilan 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolashga tayyor. Ayni damda muzokaralar olib borilmoqda.

Sokratis 2018 yildan beri London jamoasida o'ynaydi. Himoyachi joriy mavsum APL doirasida maydonga tushmadi.

Transfermarkt futbolchini 4 million evroga baholagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira