Maldini "Milan" Bennaser bilan shartnomani qachon uzaytirishini aytdi

Sherzod Nurmatov
12 yanv 2023
"Milan" texnik direktori Paolo Maldini yaqin orada yarim himoyachi Ismael Bennaser bilan kelishuv uzaytirilishi haqida ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, jazoirlik futbolchi "rossoneri" bilan 4 yillik bitim borasida kelishib olgan.

"Biz yaqin 24-36 soat ichida Bennaser bilan yangi shartnomani rasmiylashtiramiz", – dedi Maldini.

25 yoshli xavbek 2019 yildan buyon "Milan"da o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u Stefano Pioli jamoasida 23 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 1 golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mediaset