Muxbirimiz Kamoliddin Alimov ayni paytda Xanoyda bo'lib turgan terma jamoamiz himoyachisi Islom To'xtaxo'jaevdan qisqa intervyu oldi.
"Bugun "May Din" stadionida rasmiy mashg'ulot o'tkazdik", - deb gap boshladi Islom To'xtaxo'jaev.
"Maydonning holati yaxshi, bundan nolimaymiz. Ob-havo ham yaxshi, tabiiyki namgarchilik yuqori. Tahminan 22-24 daraja issiq ekan. Xanoyga jo'nab ketishimiz oldidan Filippin, xususan Vetnamga yopirilgan to'fon haqida eshitgandik. Ochig'i, biroz havotir ham bor edi. Shukrki, havf ortda qolibdi. Hozir bor e'tiborimizni ertangi o'yinga qaratganmiz. Nasib qilsa, xalqimizni chiroyli g'alabamiz bilan xushnud etamiz. Yigitlarning kayfiyati a'lo darajada. Bugungi mashg'ulot ham yuqori tempda o'tdi. Nasib qilsa, ikki safar o'yinida 6 ochkoni qo'lga kiritib, Toshkentda Osiyo Kubogi final bosqichiga muddatidan avval beriladigan yo'llanma bilan qaytamiz".