Islom To'xtaxo'jaev: “Oldimizga OCHL musobaqasida chempion bo'lish vazifasi qo'yilgan”

Narzulla Saydullayev
24 dek 2016, 17:22
Toshkentning “Lokomotiv” klubi ham qishki yig'inda ko'proq jismoniy holatga e'tibor bermoqda.

“Chempionat yakunlanganidan so'ng biroz dam olib qishki yig'inni 20 dekabrdan boshlab yubordik. Ayni damda ko'proq jismoniy mashag'ulotlarni o'tkazmoqdamiz. Kelasi yilgi musobaqalar uchun oldimizga jiddiy vazifa qo'yilgan.

Avvalambor oldimizga OCHL musobaqasida chempion bo'lish vazifasi qo'yilgan. Keyin esa chempionlikni himoya qilish. Har doim chempionlikni himoya qilish qiyin bo'lgan. Shuning uchun ham hozirdan jismoniy holatimizga jiddiy e'tibor qaratmoqdamiz. Xorij yig'iniga yangi yildan so'ng yo'l olamiz. BAAning Dubay shahrida ikkinchi yig'inimizni boshlaymiz. U yerda kimlar bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz, hozircha bilmayman”, - deydi “Lokomotiv” futbolchisi Islom To'xtaxo'jaev.

Jahongir Sotvoldiev

Islom To'xtaxo'jaev: "Qur'a bizga o'tgan yilgidan ko'ra biroz osonroq raqiblarni taqdim etdi"

Islom To'xtaxo'jaev finalda qizil kartochka olgan 11-futbolchi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia