Islom Seytnazarov: "Jamoamiz jismonan tayyor emas"

Alisher
25 iyun 2022, 13:03
“Aral Samali” – “Andijon” (1:6) bellashuvida so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Turdiev matbuot anjumanida ishtirok etmadi.

Uning o'rniga jamoaning licenziyalash bo'yicha mutaxassisi Islom Seytnazarov o'z fikrlarini bildirdi.

“Andijon” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'zinglar ham ko'rdinglar, jamoamiz jismonan tayyor emas. “Andijon” yaxshi jamoa va ajoyib o'yinchilari bor. Umuman aytganda, o'yin yaxshi o'tdi.

Ko'rib turibsiz, yigitlar charchab qolishdi. Ikkita-uchta gol o'tkazganimizdan keyin futbolchilar bo'shashdi va o'yinni "tashlab" yubordilar", - dedi Seytnazarov.




AlisherMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати