Islandiya darvozaboni qanday qilib Messining penaltidan bergan zarbasini qaytarganini aytdi

Tolibjon Qosimov
17 iyun 2018
Kecha JCH-2018 1-turi doirasida Islandiya terma jamoasi Argentina bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Uchrashuvda islandlar kiperi Xannes Xalldorsson Lionel Messi tepgan 11 metrlik zarbani qaytarishga muvaffaq bo'ldi. O'yindan keyin islandiyalik darvozabon buni qanday uddalaganini aytib o'tdi.

"Men shunchaki uy vazifasini yaxshi bajardim. Bunday vaziyat (penalti) ro'y berishi mumkinligini bilardim. Lionel Messining ko'plab penaltilarini ko'rib chiqdim va vaziyatni sezdim", - dedi Xalldorsson.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/fifaworldcup_ru