Islambek Seytnazarov: "Navro'zbek Alimov kichik jarohat bilan o'ynamoqda"

Sherzod Nurmatov
12 mar 2022
Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Turon" – "Aral Samali" (3:0) o'yinidan keyin mehmonlar bosh direktori Islambek Seytnazarov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- O'yin haqida

- O'yin yaxshi kechdi. Birinchi taymda bolalarga qiyin bo'ldi. Ularga rahmat aytaman. "Turon"ni g'alaba bilan tabriklayman va keyingi o'yinlarida omad tilayman.

- Navro'zbek Alimovning zaxiraga olinishiga nima sabab bo'ldi?

- Alimovga jamoaviy yig'inimizning oxirgi 10 kunida qatnashdi, xolos. Hozircha Navro'zbek kichik jarohat bilan o'ynamoqda. Shu sabablar tufayli zaxiraga olishga qaror qildik.

- Hozirgi kunda PFL bayrog'i ostida o'tayotgan musobaqalarda "Aral Samali" va "Aral" qatnashmoqda. Bu jamoalarning farqi xususida aytib o'tsangiz...

- "Aral Samali" Pro ligada o'ynaydi. Nematullo Quttiboev boshchiligidagi "Aral" esa Birinchi ligada harakat qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia