Isko "Betis" bilan yangi shartnoma imzoladi

Оқил Абдубарноев
28 dek 2023
“Betis” yarim himoyachisi Isko jamoasi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Ispaniyalik yarim himoyachi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. 

Eslatib o'tamiz, Isko joriy mavsum boshlanishidan oldin "Betis"ga erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi. Dastlabki olti oyda "Real" sobiq yarim himoyachisi murabbiylar shtabida ajoyib taassurot qoldirdi, buning natijasida u tezda yangi shartnoma tuzishga erishdi. 

Joriy mavsum Isko Ispaniya chempionatida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: realbetisbalompie.es