Isko - La Liganing mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi. "Betis" xavbeki Mbappe va Markos Alonsoni ortda qoldirdi

Alisher
30 mar 2025
Isko La Liganing mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Betis"ning 32 yoshli yarim himoyachisi shu oydagi 3 ta o'yinda 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Muxlislarning ovoz berish natijalariga ko'ra, Isko Kilian Mbappe ("Real", 3 o'yinda 3 gol), Markos Alonso ("Selta", 3 o'yinda 2 gol), Pedro Dias ("Rayo Valekano", 3 o'yinda 2 gol) va Umar Sodiqni ("Valensiya", 3 o'yinda 3 gol) ortda qoldirdi.

La Liga mavsumidagi jami 13 o'yinda Isko 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



AlisherMuallif
Manba: laliga.com