

"Uning qilayotgan ishidan mamnunman. U muhim o'yinchi bo'lib qolishi kerak. Uning munosabatini to'liq tushunaman. Men o'zim ham futbolchi bo'lganman va uning his-tuyg'ularini yaxshi bilaman. Menga futbolchilarim bilan birga bo'lish yoqadi. Bu men uchun muammo emas", – dedi Alonso.
Braziliyalik futbolchi maydonda muhim o'yinchi ekanligini isbotladi: "Levante" darvozasiga to'p kiritdi. U joriy mavsum "Real" tarkibida 7 o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



