Ish yakunlandi! Bellingemga qizil bergan hakam jazolanmaydi

Omonjon To`xtamirzayev
20 fev 2025
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) hakamning futboldan tashqari faoliyati bo'yicha tergovni yakunladi.

La Liga 24-turi diorasida "Osasuna"ga qarshi o'yinda "Real" futbolchisi Jud Bellingemga qizil kartochka ko'rsatgan va Kamavinganing Ante Budimirga nisbatan foli uchun madridliklar darvozasi tomon penalti belgilagan Xose Munuera Montero jazolanmaydi. 

Eslatib o'tamiz, bahs 1:1 hisobida yakunlangan.

RFEF muvofiqlik va ahloqiy masalalar bo'limi boshlig'i va advokat Nefer Ruis tomonidan mavjud xujjatlar sinchkovlik bilan tahlil qilinib, Montero harakatlarida qoida buzilishlari kuzatilmagan, degan xulosa chiqarildi.

Shunga ko'ra, qo'mita hakamni ishga qaytarish zarur deb topdi.

Takidlash lozim, agarda ish boshqacha tus olganida, Xose Munuera Montero 100 ming evro jarima to'lashi va 5 yilgacha futboldan chetlatilishi qilinishi mumkin edi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS