Isak "Liverpul" safidagi birinchi goli haqida: "Bu lahzani uzoq vaqt kutishga to'g'ri kelganini tushunaman"

Sherzod Nurmatov
1 dek 2025
"Liverpul" hujumchisi Aleksander Isak Angliya Premer-ligasining 13-turida "Vest Xem" ustidan 2:0 hisobida safarda qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

Isak 60-daqiqada gol urdi. Bu uning mersisaydliklar tarkibida urgan APLdagi birinchi goli bo'ldi.

"Bu lahzani uzoq vaqt kutishga to'g'ri kelganini tushunaman va men eng yaxshi formamga qaytishga harakat qildim. Men hali ham shu yo'ldaman, lekin gol urganimdan xursandman. Bu g'alaba yaxshilikka xizmat qilsin, Biz og'ir davrni boshdan kechirganimizni inobatga olsak, bitta g'alaba qaytganimizni anglatmaydi", – dedi shvetsiyalik forvard.

"Liverpul" barcha musobaqalardagi ketma-ket uch o'yindagi mag'lubiyatli seriyasiga chek qo'ydi va 13 o'yindan so'ng 21 ochko bilan Angliya chempionati jadvalida sakkizinchi o'ringa ko'tarildi. "Qizillar" 3 dekabr kuni 14-turda "Sanderlend"ni qabul qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports