"Arsenal" fransiyalik iqtidor uchun kurashdan chiqmadi: Krupi APL grandi nishonida

Sherzod Nurmatov
1 sen 2026, 19:45
"Bornmut" hujumchisi Eli Junior Krupi "Arsenal" qiziqishlari doirasida.

"To'pchilar" "Manchester Siti" va "Liverpul" qatorida fransiyalik futbolchiga da'vogarlik qilgandi, ammo o'yinchining jarrohlik amaliyotini talab qilgan og'ir jarohati uning shu yozda ketish ehtimolini yo'qqa chiqardi.

“CaughtOffside”ning xabariga ko'ra, "Arsenal" futbolchi tiklanib, o'z formasiga qaytganidan so'ng yana uni sotib olish fikriga qaytishi mumkin.

Eli Junior Krupi Premer-liganing o'tgan mavsumida "Bornmut" safida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi. Transfermarkt bahosiga ko'ra, 20 yoshli futbolchining bozor qiymati 70 mln evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CaughtOffside