Iroq terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2018
Angliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Sven-Yoran Eriksson Iroq terma jamoasini boshqarishga yaqin turibdi.

Iroq futbol federatsiyasi va 70 yoshli shved o'rtasidagi muzokaralar Istanbulda o'tkazilmoqda va kelasi haftada shartnoma imzolanishi mumkin.

Erikssonning so'nggi ish joyi Xitoyning "Shenchjen" klubi bo'ldi. U o'tgan yili iste'foga chiqarilgan edi.

Iroq terma jamoasi JCH-2018 saralash bosqichini muvaffaqiyatsiz yakunlab, mundialga bora olmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports