Iroq milliy terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Tolibjon Qosimov
18 iyul 2016
O'zbekiston terma jamoasi 24 iyul kuni Toshkentda Iroq terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Radxi Shenaishil boshchiligidagi Iroq milliy terma jamoasi ushbu o'yinni o'tkazish uchun tunda Toshkentga yetib keldi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Iroq o'rtasidagi o'yin 24 iyul kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi.

Iroq terma jamoasi JCH-2018 saralashi 3-bosqichida ishtirok etadi. Jamoa 1 sentyabr kuni Avstraliya mehmoni bo'ladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia