Irismetov: "Maqsadimiz - iloji boricha ko'proq ochko to'plash"

Aslanov Jasurbek
10 sen 2016
"Bunyodkor" - "Obod" bahsidan so'ng mehmonlar ustozi Jafar Irismetov uchrashuv haqida fikr bildirdi.

Jamoani yangidan qabul qilib oldim. Klubni qishda yangi mavsumga tayorlaetgandim. O'sha tarkibdan 30-35% o'zgarish bo'lgan. Bugun esa Mochinov boshlagan ishni davom ettiraman. Oraliq masofa oz qoldi. Shuning uchun imkon qadar ochkolar yig'ishga harakat qilamiz",-deydi Jafar Irismetov. 

- Nima uchun qishda jamoani tark etgan edingiz?

- Buni uziga yarasha sabablari bor. Oilaviy sabab ham buldi, boshqa ham. Endigi maqsad imkon qadar ochko to'plash.

- Bugun darvozabon o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi...

- Bosimni engib o'tishi kerak. Bu nafaqat unda, balki boshqa uyinchilarda ham kuzatilyapti. Hamroev "Bunyodkor"ga tegishli bo'lganligi uchun sobiq jamoasiga uzini ko'rsatishni istagan edi. Afsuski bunga omad etishmadi. 

- Avvalgi uyinlarga nisabatan bugun yaxshiroq uynagandek ko'rindingiz. Bunga erishish oson emas, bugun jamoa qiziqarli o'ynadi. Mochinovni ishi endi o'xshayotganida u jamoani tark etdi. Siz shu ishni davom ettira olasizmi?

- Jamoadan ketgan bo'lsamda shartnomam amalda bo'lgan. Bugunga kelib bironta katta o'zgartirish qila olmayman. Vaqt ham yo'k. Hozir futbolchi ololmaymiz, buning ustiga vaqt ham yo'q.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia