

- "Buxoro" bilan o'yin shiddatli bo'lishini oldindan kutgan edik. Davralar oralig'ida yaxshi tayyorgarlik o'tkazdik. Birinchi taymda o'yinimiz ancha qovushayotgan edi. Tajribali himoyachimiz Jalil aka Kimsanovning jarohat olib maydonni erta tark etishi ham o'yinimzga o'z ta’sirini ko'rsatdi deb o'ylayman. Qolaversa omad ham mezbonlar tomonida bo'ldi. Omad kuchlilarga boqadi degan gap bor. "Buxoro" jamoasiga yarim finalda ham omad tilayman. Biz endi bor e'tiborimizni “Obod” bilan bo'ladigan o'yinga qaratamiz", – deydi Iqbol Malikjonov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati



