

Andijondagi bahs ko'pchilik tomonidan turning markaziy o'yini deya baholanmokda. Bo'lajak uchrashuv oldidan "burgutlar" himoyachisi Iqbol Boboxonov o'z fikrlarini bilidirib o'tdi.
- "Lokomotiv"ga qarshi bahs biz uchun muhim. Sababi o'z maydonimizdagi ilk uchrashuv. Chempionatning ochilishi bo'ladi. Tabiiyki muxlislar tomonidan ham qiziqish katta. Menimcha tribuna ashaddiy ishqibozlar bilan to'lib toshsa kerak.
- "Paxtakor" bilan o'yindagi mag'lubiyatni tezroq unutib, navbatdagi yana bir jiddiy bahsga e'tibor qaratganmiz. O'ylaymanki yigitlarning bugungi kundagi ruhiy holati yaxshi. "Temiryulchilar"ga qarshi har tomonlama jiddiy tayyorgarlik ko'rilmoqda. Murabbiylarning bergan ko'rsatmalarini to'g'ri va aniq bajara olsak, kerakli natijani qo'lga kirita olamiz.
- To'g'ri, "Lokomotiv" mamlakatimizning yetakchi klublaridan biri. Lekin biz ulardan ochko tortib olishga harakat qilamiz. O'ylaymanki buni uddalasa bo'ladi. Maqsadimiz rahbariyat va ishqibozlarimizni xursand qilish.
"Andijon" FK matbuot xizmati.



