Iordaniya U23 - O'zbekiston U22. Raqiblarimiz ustozi 20 nafar futbolchini chaqirdi

Narzulla Saydullayev
26 avg 2014, 11:01
Iordaniya U-23 bosh murabbiyi Jamol Abdu Abed 30 avgust kuni O'zbekiston U-22 jamoasiga qarshi o'yin uchun 20 nafar futbolchini chaqirdi.
Shuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi terma jamoa bugun Iordaniya poytaxtiga jo'nab ketadi. Iordaniya poytaxti Amman shahrida 31 avgust kunigacha davom etadigan yig'in davomida O'zbekiston U-22 terma jamoasi  30 avgust kuni mezbon - Iordaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.


O'zbekistonga qarshi o'yin uchun chaqiruv olgan futbolchilar ro'yxati:
Darvozabonlar: Rabi Ezzildin, Muhammad Abdu Nabhan

Himoyachilar: Muhannad Xairallah, Omar Mansara, Ali Yosir, Bara Merei, Husam Abu Saadeh, Issam Al Qudah, Monther Raja, Amir Abu Hadib

Yarim himoyachilar: Yazan Thalji, Ehson Haddad, Mahmud Mardi, Fadi Avad, Bilol Dovud, Ahmad Sraiva, Samir Raja

Hujumchilar: Ahmad Eisavi, Lait Beshtavi, Osama Omari


Eslatib o'tamiz, Shuhrat Maqsudovning Iordaniyaga qaysi futbolchilarni olib ketishi haqida ma'lumot hozircha berilgani yo'q.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia