Inzagi: "Biz ranjidik, ammo yigitlarim bilan faxrlanaman"

Omonjon To`xtamirzayev
14 mar 2024
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi Chempionlar Ligasi 1/8 finali javob uchrashuvidagi mag'lubiyatdan qattiq ranjiganini ma'lum qildi.

"Hammamiz qattiq ranjidik. Biroq men yigitlarga YCHLdagi bu mavsum bilan faxrlanishlari mumkinligini aytdim. Bugungi bellashuvning muhim pallalarida yaxshiroq harakat qilishimiz kerak edi. Qo'shimcha bo'limlarda biz o'yinni nazorat qildik, biroq ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Bunday o'yinlarda xatolar kechirilmaydi. Shubhasiz, birinchi uchrashuvda biz yirikroq hisobda zafar quchishimiz mumkin edi. Bugun esa gol urganimizdan keyin ustunlikni saqlab qolish kerak edi, buning o'rniga ular darhol muvozanatni tiklashdi va o'yinga qaytishdi. Jamoa mag'lubiyatlarga o'rganmagan va chorak final yo'llanmasi o'z qo'limizda edi. Biz qattiq ranjidik, lekin men yigitlar bilan faxrlanaman; ular menga haqiqiy zavq bera olishdi. Endilikda biz o'tgan ishni unutib, olg'a intilishimiz zarur, chunki bizni buyuk maqsad kutmoqda".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: inter.it