Inyaki Uilyamsning La Ligadagi dahshatli seriyasi o'z nihoyasiga etdi

Eldor Akmurzayev
30 yanv 2023
La Liga 19-turida “Atletik” safarda “Selta”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mezbonlar forvardi Inyaki Uilyams jarohat tufayli bahsda qatnashmadi. U 2016 yildan beri ilk bor chempionat doirasidagi o'yinni o'tkazib yubordi. U oxirgi marta 2016 yil 17 aprel kuni “Malaga”ga qarshi bahsda maydonga tushmagandi.

Shunday qilib, Inyakining musobaqada ketma-ket o'yinlar (251 ta)da qatnashish bo'yicha rekordi shu joyda to'xtadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca