"Inter" yaqin soatlarda Serbiya termasi o'yinchisi bilan shartnoma imzolaydi

Omonjon To`xtamirzayev
2 avg 2023, 14:01
"Udineze" va Serbiya terma jamoasi a'zosi Lazar Samarjich bugun "Inter" bilan shartnoma tuzadi.

Transfer summasi 15 million evroni tashkil etadi. Shuningdek, "Inter" "Udineze"ga Italiya yoshlar terma jamoasi vakili Jovanni Fabbianni, qaytarib sotib olish huquqi bilan, berib yuboradi.

Samarjich "neradzurri" bilan 5 yillik kelishuvga imzo chekadi.

O'tgan mavsum serb chempionat va Italiya kubogining 39 o'yinida maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma etkazib berdi. "Transfermarkt" portali 21 yoshli futbolchini 14 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia