"Inter" yana bir transferni amalga oshirishga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020
"Chelsi" forvardi Olive Jiru qishda "Inter"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Sky Sport Italia" xabariga ko'ra, klublar kelishuvga erishishga yaqin turishibdi. Hozircha transfer ma'lumotlari oshkor qilinmayapti.

Oldinroq Angliya matbuoti ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Jiru erkin agent sifatida Milan klubi bilan 2,5 yillik shartnomaga imzo chekishi aytilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia