"Inter" Xakimiga o'rinbosar sifatida Belerin, Zappakosta va Laccarining nomzodini ko'rib chiqmoqda

Alisher
25 iyun 2021
"Inter" himoyachi Ashraf Xakimining o'rniga uch o'yinchining nomzodini ko'rib chiqmoqda.

Xakimining tez orada "Pari Sen-Jermen" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Milan klubi 22 yoshli marokashlik futbolchiga o'rinbosar izlamoqda va Ektor Belerin ("Arsenal"), Davide Zappakosta ("Jenoa") va Manuel Laccari ("Lacio") nomzodini ko'rib chiqmoqda.

"Inter" shuningdek PSV himoyachisi Denzel Dyumfrisga ham qiziqmoqda, ammo o'yinchining narxi milanliklar uchun yuqorilik qiladi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport