"Inter" qatorasiga 8 o'yindan buyon yutqazmayapti – 7 g'alaba va durang. Keyingi raqiblar – "Arsenal" va "Napoli"

Omonjon To`xtamirzayev
4 noya 2024, 09:05
"Inter" mag'lubiyatsiz seriyasini 8 ta o'yingacha etkazdi.

Tunda A Seriya 11-turi doirasida "neradzurri" "Veneciya"ni (1:0) mag'lubiyatga uchratishdi.

Barcha musobaqalardagi oxirgi 8 o'yinda "Inter" 7 bor g'alaba qozondi va 1 marta durang qayd etdi – "Yuventus" bilan (4:4).

Simone Indzagi jamoasi so'nggi bor 22 sentyabr kuni "Milan"ga imkoniyatni boy bergan (1:2) edi.

Keyingi bellashuvda "Inter" YCHL doirasida "Arsenal"ga ro'baro keladi. Uchrashuv 6 noyabrga belgilangan. Keyingi yakshanba kuni esa Italiya chempionati yetakchisi bo'lib turgan "Napoli"ga qarshi bellashuv bo'ladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia