"Inter" Mxitaryan uchun MYUga Joau Mariuni taklif qiladi

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2018
"Inter" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanga qiziqish bildirmoqda.

Milan klubi "qizil iblislar"ga 28 yoshli futbolchini Joau Mariuga almashtirish taklifini berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Mariu transferiga PSJ qiziqish bildirmoqda, ammo "Inter" 24 yoshli futbolchini Mxitaryanga almashtirish g'oyasida qolgan va MYUdan javob olmaguncha boshqa takliflarni eshitmaydi.

Joriy mavsum Mxitaryan APLning 15ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 5ta golli pas berdi. Mariu A Seriyada 13ta o'yin o'tkazib, 3ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport