“Inter” Konte qo'l ostidagi dastlabki 50 ta o'yindan 32 tasida g'alaba qozondi. Faqat 2 murabbiy Antoniodan yaxshiroq start olgan

Aslanov Jasurbek
17 dek 2020
“Inter” A Ceriya 12-turida “Napoli”ni 1:0 hisobida engdi.

Bu “Inter” ustozi Antonio Konte uchun jamoa boshqaruvidagi dastlabki 50 ta o'yinda qo'lga kiritilgan 32-g'alaba bo'ldi. Bu borada milanliklar bilan faqat ikki murabbiy yaxshiroq startni amalga oshirgan. Aldo Oliveri va Joze Mourinyu “Inter” bilan dastlabki 50 ta o'yinda 34 tadan g'alabga erishgan.

“Inter” A Ceriyaning navbatdagi turida “Speciya”ga qarshi maydonga tushadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta