"Inter" Kanselu transferi bo'yicha "Al Hilol" bilan kelishuvga erishdi, ammo...

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2026
Joau Kanselu "Inter"ga o'tishga juda yaqin turibdi.

Milan klubi portugaliyalik himoyachining transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. Sky Sport nashrining xabariga ko'ra, transferning bir qismi sifatida "neradzurri" futbolchilaridan biri – Franchesko Acherbi yoki Stefan de Vrey Saudiya klubiga yo'l oladi.

Futbolchining o'zi esa yakuniy qarorni aytish uchun bir yoki ikki kun vaqt olgan. Uning uchun asosiy variant "Barselona" bo'lib turibdi, biroq ayni damda kataloniyaliklar Kanseluni sotib olish bo'yicha qadam tashlash-tashlamasligi noma'lum.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport