"Inter" Jeko bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti

Alisher
25 sen 2022
"Inter" hujumchi Edin Jeko bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti.

36 yoshli bosniyalikning Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Hujumchi jamoadan katta ehtimol bilan erkin agent maqomida ketadi.

Jeko joriy mavsum "Inter" safida barcha musobaqalarda 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, milanliklar forvardni "Roma"dan 2021 yilda 4 mln evro evaziga xarid qilishdi.


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport