"Inter" Fransiya chempionatidan futbolchi xarid qiladi

30 noya 2019, 23:23
Bu haqida Tuttosport nashri ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga qaraganda, "Lill" yarim himoyachisi Bubakari Sumare faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin. Unga Milanning "Inter" klubi faol qiziqish bildirmoqda. "Neradzurrilar" rahbariyati tez orada Sumarening transferi borasida muzokaralar stoliga o'tirishi kutilmoqda.

Takidlash lozimki, fransiyalik futbolchi PSJ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Lill" jamoasi sharafini 2017 yildan buyon himoya qilib kelmoqda.


Manba: Tuttosport