"Inter" Dibalaga 6 million evrolik maosh va 4 yillik shartnoma taklif etdi

Alisher
9 iyun 2022
Kecha, yani 8 iyun kuni, "Inter" vakillari va "Yuventus" sobiq hujumchisi Paulo Dibalaning agenti o'rtasida ilk rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, Milan klubi 28 yoshli argentinalikka 6 million evrolik maosh+bonuslar va 4 yillik bitim taklif qilgan.

Qayd etish kerakki, hujumchi "Inter"dan 8 mln evro maosh, shuningdek bonuslar so'ramoqda.

Shu bilan birga, muzokaralar ko'tarinki ruhda davom etmoqda va tomonlar bir necha kundan so'ng yana uchrashishadi.

Dibala o'tgan mavsum "Yuventus" tarkibida 39ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio