"Inter" darvozaboni Onana: "Men "Manchester Yunayted" bilan YCHLda zafar quchishni istayman"

Omonjon To`xtamirzayev
19 iyul 2023
"Inter" darvozaboni Andre Onana "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin turibdi.

Transfer hali rasman e'lon qilinmagan bo'lsada, kiper MYU bilan Chempionlar Ligasida zafar quchishni istashi haqida gapirib o'tdi.

"Men "Manchester Yunayted" bilan Chempionlar Ligasini yutmoqchiman. Men bu yangi sarguzashtimni o'zim uchun tanish va daho murabbiy bilan birga boshlamoqchiman".

Eslatib o'tamiz, Onana vaqtida "Ayaks" klubida Erik ten Xag bilan birga ishlagan.

Onana o'tgan mavsum A Seriyaning 24ta uchrashuvida 24ta gol o'tkazib yuborgan edi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal