"Inter" Dalbertni 12 million evroga xarid qilish huquqi bilan "Renn"ga ijaraga beradi

Alisher
2 okt 2020
"Inter" himoyachisi Dalbert faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirish ehtimoli bor.

27 yoshli braziliyalik futbolchi 12 million evroga xarid qilish huquqi bilan "Renn" klubiga ijaraga beriladi.

Dalbert bugun Fransiya klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Himoyachi o'tgan mavsumni ijara asosida "Fiorentina"da o'tkazgan edi. Uning milanliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano