"Inter" APLdan hujumchi sotib olishi mumkin

Alisher
3 okt 2019
"Byornli" hujumchisi Jey Rodriges faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.

"Neradzurrilar" bosh murabbiyi Antonio Kontening shaxsan o'zi 30 yoshli ingliz futbolchisini o'z jamoasida ko'rmoqchi.

Forvard joriy mavsum "Byornli" safida APL doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

Jey Rodriges faoliyati davomida "Byornli"dan tashqari "Sterling Albion", "Barnsli", "Sautgempton" va "Vest Bromvich" klublarida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: CalcioMercato