Inigo Martines "Barsa" haqida: "Hech kim shubhalanmasin - biz albatta qaytamiz"

Administrator
7 may 2025, 23:49
Inigo Martines Chempionlar Ligasidan chiqib ketganiga qaramay, "Barsa" bilan faxrlanmoqda.

"Barselona" YCHL yarim finalining javob uchrashuvida "Inter"ga mag'lub bo'lib (3:4), musobaqani tark etdi. Inigo Martines ushbu o'yin haqida fikr bildirdi.

"Men butun jamoamizning mehnati va erishayotgan yutuqlarimizdan faxrlanaman. Hech kim shubhalanmasin - biz albatta qaytamiz.

Bu hali hammasi emas... Yakshanba kuni, "Madrid"ga qarshi olg'a boramiz".

Biz hamon birdammiz va birga harakat qilmoqdamiz", - deya yozdi kataloniyaliklar himoyachisi Martines.


AdministratorMuallif
Manba: Marca