Ings APLda avgust oyining eng yaxshi golini kiritdi

Aslanov Jasurbek
10 sen 2021, 21:04
"Aston Villa" hujumchisi Denni Ingsning "Nyukasl" darvozasiga qaychi uslubidagi kiritgan to'pi avgust oyining eng yaxshi goli deb topildi.

Futbolchining o'zi bu haqda shunday deydi:

"Bu ajoyib kayfiyat bag'ishlaydi. Hujumchi uchun o'z maqsadlarini amalga oshirishi muhim, asosiysi, men "Aston Villa"da o'z o'yinimni ko'rsatishni xohlardim va buni uddalayotganga o'xshayman".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Premierleague.com