Ingliz grandlari “Roma” yarim himoyachisi uchun kurashni boshladi

9 yanv 2018, 09:45
Bir yo'la uch ingliz klubi - “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” Rimning “Roma” klubi yarim himoyachisi Lorenco Pellegriniga qiziqish bildirmoqda.

Football Italia nashriga ko'ra, 21 yoshli xavbekning shartnomasi ko'rsatilgan tovon puli 24 milllion evroga teng. Bu summani to'lash ingliz grandlari uchun mushkul ish emas, albatta. O'z o'rnida “Roma” Pellegriniga yangi shartoma taklif qilib, tovon pulini ko'tarib qo'yishni rejalashtirmoqda.

Bu yilgi mavsum futbolchi A Cerianing 14 ta o'yinida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.



Manba: Football Italia