Infantino Trampga futbolka va kartochkalar sovg'a qildi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
29 avg 2018, 12:40
AQSH prezidenti Donald Tramp oq uyda FIFA rahbari Janni Infantino bilan uchrashuv o'tkazdi.

"Sokker - bu o'yin. Adashmasam, sizlar uni futbol deb ataysiz. Bir kun kelib uning nomini o'zgartirishsa kerak" - dedi Tramp.

"Buni muhokama qilishimiz mumkin. Yaqindagina Rossiyadagi jahon chempionatini yakunladik. Uni 4 mlrd kishi tomosha qildi" - deya javob qaytardi Infantino.

Tramp AQSH, Kanada va Meksikada o'tadigan JCH-2026ga izoh berayotib hazillashdi: "Bu turnirgacha vazifamni tark etsam kerak".

Uchrashuv yakunida Infantino Trampga futbolka va kartochkalar sovg'a qildi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AP