Infantino Rossiyani xalqaro futbolga qaytarish tarafdori ekanini bildirdi

Sherzod Nurmatov
3 fev 2026, 20:44
2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko'lamli agressiyasi boshlanganidan beri Rossiya futboli xalqaro maydondan chetda qoldi.

Biroq FIFA prezidenti Janni Infantino bu holatga chek qo'yish kerak deb hisoblaydi.

Jahon futboli rahbarining fikricha, Rossiyaga nisbatan boykot hech qanday ijobiy natija bermadi.

"Biz buni qilishimiz kerak. Aniq. Chunki bu taqiq hech narsa bermadi - aksincha, yanada ko'proq xafalik va nafratni keltirib chiqardi. Rossiyalik bolalar va qizlarning Yevropa boshqa hududlarida futbol o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishi foydali bo'lar edi.

Biz nizomlarimizda shunga aniqlik kiritishimiz kerakki, siyosiy rahbarlarning harakatlari sababli hech qachon biror davlatga futbol o'ynashni taqiqlamasligimiz lozim", – dedi Infantino "Sky Sports"ga bergan intervyusida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports