

"Agar jarohatlar bilan bog'liq muammolar bo'lmasa, "Barselona" safida 28 yoshimdagi kabi o'ynashga qodirman. Odamlarning fikri natijalarga qarab o'zgaradi. Hozir menga yana 10 yil o'ynay olishim haqida gapirishmoqda, PSJdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng butsalarimni mixga ilishim kerakligi haqida aytishgan. Imkoniyatim darajasida o'z kelajagimni hal qilmoqchiman. Uzoq vaqt yuqori darajada o'ynashni istayman, ammo tahlil qiladigan narsalar bor" - deydi Inesta.



