

34-tur natijalariga ko'ra 62 ochko to'plab mamlakat chempioni bo'lgan "Persiya" futbol klubi Jakarta ko'chalari bo'ylab chempionlikni Yevropa jamoalariga xos tarzda nishonladi. Jamoa a'zolari avtobusga minib minglab muxlislar qurshovida shahar ko'chalarini kezishdi.
Ma'lumot uchun, Indoneziya oliy ligasida 18ta jamoa ishtirok etadi. Ikkinchi o'rin PSM klubiga nasib etdi. Bu jamoa chempiondan atigi bir ochko ortda qoldi.













