

Bu borada klub ukrainalik hujumchi Vyacheslav Shevchenko, yarim himoyachilar Ilhom Yunusov va Samandar Shodmonov bilan muzokara olib bormoqda.
Shevchenko 2015 yil yozigacha shu klubda o'ynab ikkinchi davra boshida "Qizilqum"ni tark etgandi. O'tgan yilni Navoiy klubida o'tkazgan Samandar Shodmonov bu yil "Sho'rtan"da o'ynadi. Ilhom Yunusov esa mavsumni "Nasaf"da boshlab "Dinamo"da tugatdi.



