Ikkinchi liga: “Maroqand” mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2015
Samarqand viloyat Ikkinchi liga chempionatining 4-turida “Maroqand” jamoasi o'z maydonida “Samarqand”ni qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvning 26-daqiqasida mezbonlar  hujumchisi Nodir Saidmurodov hisobni ochgan bo'lsa, 36-daqiqaga kelib Bexruz Haqberdiev tomonidan kiritilgan gol mezbonlarga 2:0 hisobidagi g'alabani keltirdi.  Bu g'alaba Begzod Meliqulov shogirdlariga mavsumdagi dastlabki uch ochkoni taqdim etdi.


Ikkinchi liga, 4-tur
“Maroqand” (Samarqand tumani) – “Samarqand” (Samarqand shahri) – 2:0
Hakamlar:
 SH. Kamarov (Samarqand) – 8,5, S. Hakimov (Urgut) – 8,6, R. Hakimov (Samarqand) - 8,1.
Nazoratchi: U. Uzoqov (Samarqand).
Gollar: Nodir Saidmurodov (26), Buhruz Haqberdiev (35).
Ogohlantirish: Rustam Jo'raev (67) - (“BO'FM” jamoasi).
Chetlatish: Jaxongir Jo'raev (86) – (“Panjob” jamoasi).

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: samfutbol.uz