

Final xushtagi chalinishiga uncha ko'p vaqt qolmagan bir paytda, muxlislar pirotexnika moddalari, fayerlar yoqishni boshlab yuborishdi. Bu bilan mezbon jamoaning bir guruh avvaldan kelishib olgan muxlislari shug'ullanishdi. Hakam o'yinni to'xtatib, futbolchilarni kiyinish xonasiga boshladi. O'yinda 10 daqiqacha to'xtalish bo'lganidan keyin, uni qayta boshlashdi. Uchrashuv "Aalen"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi.



