Ikkinchi bosqich yakunlari. 1 ochko yiqqan “G'allakor-Avtomobilchi” haqida

Narzulla Saydullayev
8 noya 2014
Birinchi liganing doimiy ishtirokchisi “G'allakor-Avtomobilchi” ikkinchi davrani juda ham sust o'tkazdi.
Jamoa ikkinchi bosqichda 15ta o'yin o'tkazib, atiga 1ochko (!) yig'di xolos. Qolgan 15ta uchrashuvning barchasida maydonni boshi egik xolatda tark etdi.

Bosh murabbiy Furqat O'ralov mavsum mobaynida buni asosan klubda yuzaga kelgan moliyaviy muammolar va tarkibni keskin yoshartirilgani bilan bog'ladi.



Nima bo'lganda ham fakt gapiradi! G'allaorolliklar shuningdek o'z darvozasidan eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa sifatida qayd etildi. 16ta o'yinda 71ta gol! Har bir bahsga o'rtacha miqdorda 4,43tadan gol demakdir.

Ikkinchi bosqichda “G'allakor-Avtomobilchi”ning qaydlari quyidagicha bo'ldi. 

O'yinlar

15

Gollar

25

Uyda

10 (40%)

Safarda

15 (60%)

O'tkazib yuborilgan gollar

68

Uyda

22 (32,35%)

Safarda

46 (67,65%)

O'rtacha urilgan gollar

1,67

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

4,53

Uydagi ochkolar

1/21 (4,76 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

0/24 (0 %)

Eng yirik g'alaba

0

Eng yirik mag'lubiyat

1:10 – “Oq-tepa”

Gol o'tkazmagan o'yinlar

0 (0%)

Gol ura olmagan o'yinlar

1 (6,67%)

Irodali g'alaba

0

Irodali durang

1

Irodasiz mag'lubiyat

5

Irodasiz durang

0

Yirik g'alaba

0

Yirik mag'lubiyat

7

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

1/2

Ogohlantirish (o'rtacha)

39 (2,6)

Chetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

2 (0,13) - 0/2

Muxlislar (jami/o'rtacha)

10861/724

 

Jamoa ikkinchi bosqich o'yinalarida jami 25ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. “G'allakor-Avtomobilchi” safida eng ko'p gol urgan futbolchi Abdurasul Abdug'aniev bo'ldi, 5ta!

Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

pen.

Abdurasul Abdug'aniev

5

(2)

Zafar Narziqulov

4

Solijon Xayrullaev

4

(1)

Aziz Malikov

3

Botir Xolliev

2

Ergash Rahmonqulov

2

(1)

A.Xojibekov

1

Jasur Hasanov

1

Izzatilla Shavkatov

1

Bahriddin Rahmonqulov

1

(1)

 
Islombek Rustambekov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia