Ikkichi Neymar. PSJ futbolchilari "Monako"ga qarshi o'yinda necha ballga loyiq ko'rildi?

Оқил Абдубарноев
21 mar 2022
L’Equipe Fransiya chempionati doirasida o'tkazilgan "Monako" - PSJ uchrashuvida futbolchilarning xatti-harakatlarini baholadi.

Parijliklarning besh nafar futbolchisi 10 balllik tizimdan 2 ball oldi. Bular - Neymar, Jorjino Veynaldum, Leandro Paredes, Nunu Mendesh va Presnel Kimpembe.

Bosh murabbiy Maurisio Pochettinoga klub hujumchisi Kilian Mbappe singari 3 ball berildi. 

Jamoada ikki futbolchigina nisbatan yuqoriroq baholandi - Danilu Pereyra va Janluiji Donnarumma 5 ballga loyiq deb topildi.

"Monako" safida Vissam Ben-Yedder eng yuqori bahoga ega chiqdi - 8 ball.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: L’Equipe