Ikardiga "Yuventus" qiziqmoqda, biroq PSJ uni Italiya klublariga sotishni istamaydi

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2021
Turin klubi futbolchini sotib olishni maqsad qilgan.

Fransiyaning PSJ klubi forvardi Mauro Ikardi Italiyaga qaytishi mumkin. 

Futbolchi allaqachon "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan muzokara olib borgan. 

Biroq transfer iqtisodiy sabablarga ko'ra amalga oshmasligi mumkin. Gap shundaki, argentinalik futbolchining shartnomasida agar parijliklar Ikardini boshqa A Seriya jamoasiga sotib yuborishsa, PSJ "Inter"ga 15 million evro to'lash majburiyatini yuklovchi band bor. Shu sababli, Parij klubi hujumchini Italiya jamoalariga sotish niyati yo'q.

Eslatib o'tamiz, Ikardi bundan avval Italiyaning boshqa bir klubi - "Inter"da o'ynagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia